
Xabi Alonso "Real"da birinchi mashg‘ulotini o‘tkazdi
Xabi Alonso "Real Madrid"da ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Madrid klubi futbolchilari Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlashdi. Dushanba kuni "Real" Xabi Alonsoning boshchiligida birinchi mashg‘ulotni o‘tkazdi.
Umumiy guruh mashg‘ulotlariga Eder Militao, Tibo Kurtua, Dani Karvaxal, David Alaba va Braim Dias qaytdi. Antonio Ryudiger, Ferlan Mendi, Endrik va Eduardo Kamavinga jarohatlardan keyin tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Bel qismida muammolari aniqlangan Federiko Valverde esa zalda individual mashg‘ulotlar bilan shug‘ullandi.
Xabi Alonso boshchiligidagi ilk o‘yin 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadi – "Real Madrid" Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichida "Al-Hilol"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar