Xabi Alonso: "La Ligada 100 ochko olish juda qiyin"

  • 26 sentabr, 18:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" La Liganing dastlabki 6 turida 18 ochko jamg‘ardi. "Barselona" esa 6 o‘yinda 16 ball to‘pladi.

Tecno

Jurnalistlar Xabi Alonsodan jamoasi 100 ochko olishi mumkinmi, degan savol berishdi.

"Bu juda qiyin. Har bir o‘yinda g‘alaba qozonish oson emas. Biz o‘zimizni bo‘sh qo‘yolmaymiz. Faqat maydonga tushganimiz uchun g‘alaba kelmaydi. O‘yinimizda barqarorlik bo‘lishi shart.

Qanchalik ko‘p faol o‘ynasak, shunchalik ko‘p muvaffaqiyatga erisha olamiz. Agar shunday o‘yinni namoyish etsak, ko‘p ochko to‘plashimiz mumkin", – dedi "Real" bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!