
Xabi Alonso bu futbolchiga ishonmay qo‘ydi
"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso joriy Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida markaziy himoyachi Raul Asensioning o‘yinidan norozi bo‘ldi. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" ustozi klub rahbariyatiga Asensioga endi ishonmasligini ochiq aytgan. Garchi avvalroq aynan murabbiyning iltimosiga binoan futbolchi bilan 2031 yilgacha shartnoma uzaytirilishi kerak bo‘lsa-da, Alonso endi jamoaga yangi markaziy himoyachi kerakligini ta’kidlagan.
Hozirda "Real" uch nafar futbolchini ko‘rib chiqmoqda: "Liverpul"dan Ibrahim Konate, "Bayer"dan Piero Inkapie va "Tottenxem"dan Kristian Romero, deb yozadi manba.
Eslatib o‘tamiz, 27 iyun kuni "Real" KO‘JCh–2025 musobaqasining guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini "Red Bull Zaltsburg"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar