World Boxing kubogi. Kunning 1-dastur janglari yakunlandi!
Hindistonning Nyu-Dehli shahrida World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining so‘nggi final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Bugundan yarim finalllar start oladi. Hozirgina kunning 1-dastur janglari yakunlandi.
-48 kg vaznda bo‘lib o‘tgan yarim finalda, hamyurtimiz Farzona Fozilova ukrainalik Anna Okotani 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi;
Aziza Zokirova ham finalda! Bokschimiz -70 kg vaznda yana bir ukrainalik Anastasia Chernokolenkodan 5:0 hisobida ustun keldi;
+80 kg vaznda bo‘lib o‘tgan yarim finalda, Oltinoy Sotimboeva qozog‘istonlik bokschi Assel Toktassinni to‘xtatdi - 5:0;
Ma’lumot uchun, bizni oldinda 2-dastur bahslari kutib turibdi.



Fikrlar