
WBC Grand-prisi g‘olibi qancha gonorar ishlab oladi?
Avvalroq, Butunjahon boks kengashi (WBC) ilk bor katta masshtabdagi Gran-pri musobaqasini o‘tkazishi haqida e’lon qilgandi.
Ushbu turnir aprel oyida Saudiya Arabistonida start oladi. Unda 41 davlatdan 128 nafar bokschi ishtirok etadi. Olimpiya tizimida o‘tadigan musobaqada 4 ta vaznda janglar tashkil etiladi va ularning har birida 32 nafardan bokschi chempionlik uchun ringga ko‘tariladi.
Gran-pri 5 ta bosqichdan iborat. So‘nggi bosqich yil oxirida o‘tkaziladi. Turnirda ishtirok etish uchun chegaralar bor: bokschilarning yoshi 26 dan, prof ringda o‘tkazgan janglari 16 tadan oshmasligi shart.
WBC Gran-prisi uchun belgilangan mukofot pullari:
1/16 final — g‘olibga 15 000, mag‘lubga 7 500 AQSh dollari;
1/8 final — g‘olibga 20 000, mag‘lubga 10 000 dollar;
1/4 final — g‘olibga 35 000, mag‘lubga 15 000 dollar;
1/2 final — g‘olibga 50 000, mag‘lubga 25 000 dollar;
Chempion — 100 000 dollar.
Shu tariqa, har bir vazn chempionlari Gran-pridagi ishtiroklaridan jami 220 000 AQSh dollari ishlab olishadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondan 5 nafar bokschi - Abdumalik Xalokov, Mujibillo Tursunov, Lazizbek Mullojonov, Kamronbek Eshmatov va Suhrob Qayumov WBC Gran-prisida ishtirok etadi.
Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar qildi.
Fikrlar