VXL. "Humo" "Zvezda"ning g‘alabali seriyasini to‘xtata oladimi?

  • 10 dekabr, 2019, 07:32
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Moskvaning "Zvezda" klubini qabul qiladi. Uchrashuv soat 19:30 da start oladi. Qayd etish joiz, "Zvezda" qatorasiga 10 ta bahsdan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Moskvada kechgan dastlabki bellashuvda mezbonlar 7:2 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishgan va "Humo" xokkeychilari bugun revansh uchun muzga chiqishadi.

Ma’lumot uchun, toshkentliklar hisobida ayni vaqtda 34 ochko mavjud va ular turnir jadvalining 7-o‘rinidan joy olishgan. 51 ochkosi bor moskvaliklar esa 3-pog‘onani egallab turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!