
VXL. "Humo" qatorasiga uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi
Toshkentning "Humo" jamoasi safar uchrashuvlari seriyasidan o‘rin olgan uchinchi bahsini Tambov shahrida shu nom ostidagi jamoasiga qarshi o‘tkazdi. "Kristall" muz saroyida kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Shu tariqa, "qanotlilar" hisobidagi ochkolar soni 51 taligicha qoldi va jamoa 51 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 7-o‘rnini egallab turibdi. "Tambov" hisobida esa 47 taga etdi va ular jadvalda 9-pog‘onaga ko‘tarilib olishdi.
Eslatib o‘tamiz, Evgeniy Popixin shogirdlari bundan avval "Zvezda"ga (0:3) va "Ximik" jamoasiga (2:4) imkoniyatni boy bergan edilar.
0:1 — Sinyavskiy Pavel (Sherbina Aleksandr, Merejko Igor), 4.06
1:1 — Zyuzyakin Maksim (Meщeryakov Mixail), 41.22
2:1 — Klochkov Aleksey (Popov Oleg), 54.52 son jihatdan ustunlikda
3:1 — Klochkov Aleksey (Delnov Aleksandr), 59.13 bo‘sh darvozaga
Darvozabonlar: Peretyagin Denis - Smiryagin Roman.
Fikrlar