VXL. "Humo" bullitlar seriyasida mag‘lub bo‘ldi

  • 10 dekabr, 2019, 22:10
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Moskvaning "Zvezda" klubini qabul qildi. Uchrashuv asosiy vaqti va overtaymida kuchlar teng keldi - 2:2. G‘olibni aniqlash uchun bullitlar seriyasiga murojaat etildi. "Xokkey lotereyasi"da esa omad mehmonlarga kulib boqdi.

Tecno

Shu tariqa, "Zvezda"ning g‘alabali seriyasi 11 ta o‘yinga etdi. Eslatib o‘tamiz, Moskvada kechgan dastlabki bellashuvda mezbonlar 7:2 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishgan edi.

Ma’lumot uchun, ertaga soat 19:30 da mazkur jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!