"VVFC-4" turnirida O‘zbekiston hamda qozog‘istonlik iste’dodlar jangini ko‘ramiz!

  • 13 sentabr, 2022, 12:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

29 sentyabr kuni Toshkentning eng katta sport majmualaridan biri "Yunusobod" arenasida "VVFC-4" turniri bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Mazkur jang kechasining "fayt-kard"idan o‘rin olgan juftliklarga ham aniqlik kiritilmoqda. Bugunga qadar markaziy janglar va bir nechta qarama-qarshiliklar aniq bo‘lgandi. 

Promoushen mutasaddilarining bizga ma’lum qilishicha asosiy kardning yana bir to‘qnashuviga aniqlik kiritilgan. 

Unga ko‘ra, engil vazn (70,3 kg) toifasida hamyurtimiz Azamat Davlatov qozog‘istonlik mahorat ustasi Diyas Samadovga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, Davlatovning rekordi 2-0 bo‘lsa, Samadovning ko‘rsatkichi 1-0 ko‘rinish olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!