"Vugar Gashimov Memorial – 2025" xalqaro turniri boshlandi
Shu yilning, 9–11 dekabr kunlari Xankendi shahrida (Ozarbayjon) shaxmat bo‘yicha "Vugar Gashimov Memorial – 2025" XI xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.
Turnirda 5 davlatdan 6 nafar dunyoning kuchli shaxmatchilari ishtirok etmoqda. Ular orasida Yan Nepomnyashiy, Vladimir Fedoseev, Rauf Mamedov bilan bir qatorda O‘zbekiston vakili Nodirbek Yakubboev ham bor.
Musobaqaning 2-turida hamyurtimiz Nodirbek Yakubboev Aydin Suleymanli ustidan g‘alaba qozondi.
Musobaqa ishtirokchilari:
1. Yan Nepomnyashiy (Rossiya) — 2762/2801
2. Vladimir Fedoseev (Sloveniya) — 2740/2752
3. Rauf Mamedov (Ozarbayjon) — 2610/2612
4. Amin Tabatabai (Eron) — 2579/2565
5. Nodirbek Yakubboev (O‘zbekiston) — 2558/2564
6. Aydin Suleymanli (Ozarbayjon) — 2533/2584



Fikrlar