
Vladimir Bubanya: "To‘g‘risi, men bu haqida mutlaqo o‘ylamagandim"
Avval xabar berganimizdek, "Andijon" jamoasining serbiyalik legioneri Vladimir Bubanya O‘zPFLning joriy yildagi “Superliga-2024” ramziy terma jamoasidan o‘rin egalladi. Bu albatta, "Burgutlar" uchun quvonarli holat. Bubanya klub matbuot xizmatiga ramziy terma jamoa a’zosiga aylangach, qisqacha intervyu berdi.
- Vladimir, sizni “Superliga-2024” ramziy terma jamoasidan o‘rin olganingiz bilan tabriklaymiz. Bu xabarni ilk bor eshitganingizda uni qanday qabul qildingiz?
- Tabrigingiz uchun rahmat. Bu xabarni ilk bor sizdan eshitganimdan keyin bundan juda xursand bo‘ldim. Ramziy terma jamoadan joy olish albatta yoqimli holat.
- Aslida ramziy terma jamoadan joy olishingizni kutganmidingiz?
- To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, men bu haqida mutlaqo o‘ylamagandim.
- O‘zPFL ramziy terma jamoa futbolchilarini ajoyib videorolik orqali namoyish qildi. Bunday g‘oya sizga ham yoqdimi?
- Men ham bunday g‘oyani qo‘llab-quvvatlayman. Ular juda to‘g‘ri yo‘l tutishdi.
- Ramziy terma jamoadan o‘rin olganlar orasida kimni alohida ko‘rsatgan bo‘lardingiz?
- Bu yilda men uchun Yovovich.
- “Andijon” “Bobur arena” stadionida “Dinamo”ga qarshi bu yilgi chempionatda so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi. Tayyorgarlik qanday davom etyapti?
- Men va jamoamiz uchun juda muhim o‘yin. Biz bo‘lajak uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko‘ryapmiz.
- G‘alaba kutayotgan muxlislar uchun nima deya olasiz?
- Bu yilgi o‘z maydonimizda o‘tadigan oxirgi o‘yinimizda ijobiy natija qayd etishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.
Fikrlar