Vitaliy Levchenko: "Raqib mag‘lub bo‘lmaslik uchun hamma narsani qildi"

  • 20 sentabr, 2024, 01:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 19-turida "Neftchi" o‘z maydonida "Qizilqum"ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- Yaxshi, jangovor o‘yin ko‘rdik. Ikki tomon ham g‘alaba uchun harakat qildi, ammo g‘alabani qo‘ldan chiqarganimiz alamli bo‘ldi. Bu futbol. Kim kam xato qilsa, o‘sha jamoa engadi. Afsuski, bugun biz xato qildik va durang o‘ynadik. 

- Darvozabonning almashishi nima bilan bog‘liq?

- U o‘yin paytida og‘riq sezganini aytdi. Shu bois, almashtirishga qaror qildik.

- Aziz Amonovning zaxirada qolib ketayotanining sababi nima?

- Uning formasi biz hujumchilardan talab qiladigan narsalarni bajarishga imkon bermayapti. Bugun oddiy ko‘z bilan qaraganda ham bu omil yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Markaziy hujumchi keskinlik yaratish uchun darvozaga yaqin joyda bo‘lishi kerak, ortga qaytib hujum boshlashi emas. 

- "Neftchi"ning sovrinli o‘rinlar uchun kurashishga imkon bormi?

- Albatta, hali chempionat tugagani yo‘q. Biz har bir o‘yinda jang qilyapmiz. Biz atayin durang o‘ynayotganimiz yo‘q. Himoyadagi xatolarimiz sababli istaganimizdek g‘alaba qozona olmayapmiz.

- Raqib jamoa haqida fikringiz?

- Yaxshi jamoa. Natija uchun kurashmoqda. Raqib bugun mag‘lub bo‘lmaslik uchun hamma narsani qildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
20/09/2024 11:22
Яша кизилкум...
Bek
20/09/2024 07:14
Жинними бу ракиб маглуб булмаслик учун хамма нарса килди эмиш тормоз тренер экансан ракибинам бошкасиям маглуб булишга поля тушмеди ракибин футбол уйнади черт качон мард булиб айбни узиндан излисан уткан йилиям судялага осилдин сан топ тоззаспн сани уровенин тожикистонгаям мос эмас сан болабол одамсан