
Vitaliy Levchenko: Katta bosim ostida o‘tgan o‘yin. Afsuski, gollarsiz
Superliga 2-turining navbatdagi bahsida "Neftchi" va "Qo‘qon-1912" jamoalari kuch sinashdi.
Vodiy derbisida hisob ochilmadi. Shu tariqa, jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
O‘yindan so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida "yo‘lbarslar" ustozi Vitaliy Levchenkoning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Kurashlarga boy o‘yin guvohi bo‘ldik. Jamoalar o‘z viloyatida uchrashishgani bois bu tabiiy jarayon. Kurash, ehtiros va ishtiyoq o‘zaro to‘qnash keldi. Bu bellashuvga faqatgina gollar etishmadi. Katta bosim ostida o‘tgan o‘yin. Afsuski, gollarsiz.
Fikrlar