Vitaliy Denisov Moskvada debyutini nishonlaydi

  • 4 oktabr, 2020, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Tom” jamoasi bugungi kunda qiyin ahvolga tushib qolgan. Yaqinda o‘tmishda bir necha yil davomida Rossiya premer-ligasida mazmunli o‘yinlari bilan muxlislar mehrini va mutaxassislar e’tiborini qozongan jamoa hozir Milliy futbol ligasida jon saqlab qolish uchun kurashga kirishmoqda.

Tecno

Sibirliklar uchun yangi mavsum o‘ta muvaffaqiyatsiz boshlandi. Chempionatga tayyorgarlikni noto‘g‘ri tashkil etilgani, selektsiya ishlarida yo‘l qo‘yilgan xatolar, bosh murabbiy Vasiliy Baskakovning jamoani o‘yinlarga etarli darajada tayyorlay olmagani oqibatida “Tom” musobaqa jadvalida oxiridan bitta yuqorida turibdi. 

Klub rahbariyati vaziyatdan chiqish uchun Baskakovni ishdan haydagan. Shuningdek, tarkibni ham yangilash ishlari boshlandi. Birinchi bo‘lib, erkin agent sifatida ishsiz yurgan o‘zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov va Bolgariyadan qaytgan “rus Messisi” – Denis Davidov yordamga chaqirtirildi. Har ikki futbolchi ham chorlovni qabul qildi.  

9679ac4ae84db3720f17e9fe33b10814_1

Bosh murabbiy lavozimiga yaqin o‘tmishning mohir to‘purari Aleksandr Kerjakov taklif etildi va u bugun jamoani o‘yinga olib tushadi. 

Darhaqiqat, bir necha daqiqalardan so‘ng, Rossiya Milliy futbol ligasining 13-turida “Tom” futbolchilari Moskvada “Torpedo” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Bu uchrashuvda Vitaliy Denisov va Denis Davidov debyutini o‘tkazadi. Moskvadagi o‘yin bosh murabbiy Aleksandr Kerjakov uchun ham yangi jamoasidagi ilk uchrashuv sifatida tarixda qoladi.

“Tom” jamoasi o‘tgan mavsumda muddatidan oldin yakunlangan chempionatda "Torpedo"ga qarshi bitta uchrashuvda maydonga tushgan va Moskvadagi bahsda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchgandi.

Bugun debyutini o‘tkazadigan iste’dodli hujumchi Denis Davidov “Tom” safiga qo‘shilganidan keyin quyidagicha fikr bildirdi.

large (1)_14

- “Tom”da Sobolev va Dzyuba kabi kuchli futbolchilar o‘ynagan. Men uchun ham bu yangi sinov. Men avvalgi darajamga qaytishni istayman. Hozir yaxshi formadaman va o‘yinlarga tayyorman.  Jamoaning oldinga intilishiga yordam berishimiz kerak. Vitaliy Denisov kelib, jamoa yanada kuchaydi. Bizdan nima kutishayotganini bilamiz. Jamoa o‘ziga munosib joyga ko‘tariladi. Hech bo‘lmaganda, xavfli zonani tark etishimizga ishonaman, - dedi Denis Davidov.

O‘z navbatida, Vitaliy Denisov ham jamoa bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi va “Tom”ni yanada quyi ligaga tushib ketmasligiga yordam berishga bel bog‘lagan.

Yangi bosh murabbiy Aleksandr Kerjakov ham bor e’tiborini vaziyatni o‘nglashga qaratishini va bu borada Denisov va Davidovga katta ishonch bildirayotganini alohida ta’kidladi. 

“Torpedo” va “Tom” o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Rasman! O‘zbekistonlik mashhur futbolchi Rossiya klubi bilan shartnoma imzoladi

Vitaliy Denisov Habib Nurmagomedov uchun jang qilishga tayyorligi, Londonning “Arsenal”iga borgani va ko‘pchilik bilmagan haqiqatlar haqida intervyu berdi

O‘zbekistonning mashhur futbolchisi Rossiya klubi bilan shartnoma imzolaydi

Rossiya jamoasi o‘zbekistonlik futbolchini zudlik bilan yordamga chaqirdi

UEFA kubogi sohibi, Rossiya chempioni va kubogi egasi Vitaliy Denisovga jamoa yo‘qmi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!