Vinisius va Martines "klasiko" paytida tortishib ketdi!

  • 13 may, 14:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasinig 35-turi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda "Barselona" o‘z maydonida "Real"ni 4:3 hisobida mag‘lub etdi. O‘yin davomida katalanliklar himoyachisi Inigo Martines "Real" futbolchisi Vinisiusni simulyatsiyada ayblab, unga shunday dedi:

Tecno

– Sen sho‘ng‘iding. Ha, sen sho‘ng‘iding!

Braziliyalik hujumchi esa javoban quyidagilarni aytdi:

– Sen Chempionlar ligasini yutishni istagan eding, lekin bunga erisha olmading, erisha olmading!

Ma’lumki, "Real" joriy mavsum Chempionlar ligasining 1/4 finalida "Arsenal"ga (0:3, 1:2) yutqazib, musobaqani tark etgandi. "Barselona" esa yarim finalda "Inter"ga (3:3, 3:4) mag‘lub bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!