Vinisius “Barsa” futbolchilari finalda nega u bilan urishmoqchi bo‘lgani sababini aytdi (foto)

  • 15 yanvar, 2024, 19:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya Superkubogi finali qahramoni Vinisius Junior uchrashuvda “Barselona” futbolchilari bilanyuzaga kelgan ziddiyatli vaziyatga izoh berdi.

Tecno

Bellashuvning 71-daqiqasida kataloniyaliklarning asosiy himoyachisi Ronald Arauxo ikkinchi marotaba ogohlantirish olib, maydonni tark etdi. Bunga nisbatan “Barselona” futbolchilar e’tiroz bildira boshladi. Vinisius Junior ularga tablodagi hisobni ko‘rsatdi.

Bu paytga kelib, o‘yinda yakuniy hisob 4:1 ko‘rinishiga kelgan edi.

filestoragetemp10

- Men juda afsusdaman, hamma men bilan urishgisi keladi, chunki shunday qilishsa, matbuot sahifalaridan joy olishlari aniqligini bilishadi. Men muvaffaqiyat qozonish uchun bor e’tiborimni o‘yinga qarataman. Men ham avliyo emasman.

Ba’zan men ko‘p gapirib yuboraman va to‘pni o‘zimda ko‘p ushlab qolaman. Bunday qilish yaramasligini ham bilaman. Lekin men bu erga o‘sish uchun kelganman. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti va jamoadoshlarim meni ko‘p narsaga o‘rgatyapti, - dedi o‘yinda xet-trik qayd etgan Vinisius Junior.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бахромжон Турсунов
15/01/2024 21:02
Зўр бола эканда шу Жуниор