Viktor Kumikov: "Sherzod Esonovni terma jamoada boshqa pozitsiyada ko‘rdim"

  • 29 iyul, 2022, 01:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston U-20 – “Andijon” (2:1) o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin jamoamiz ustozi Viktor Kumikov quyidagilarni aytdi:

“Bu uchrashuvda asosan yoshlarga ko‘proq o‘ynash imkoniyatini berishga qaror qilgandik. Ko‘rsatgan o‘yinimiz yomon emas. Munosib o‘yin namoyish etdik. Asosiysi, yoshlar ham o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi, chunki ular kam o‘ynashyotgandi.

Sherzod Esonovni terma jamoa safida boshqa pozitsiyada ko‘rdim. Men uning imkoniyatlarini yaxshi bilaman. Yomon o‘ynamadi, lekin u o‘z pozitsiyasida yanada zo‘r o‘yin namoyish etadi, - deya fikrini yakunladi, Viktor Balyutovich.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!