
Viktor Kumikov Qozog‘istonda
“Andijon” klubini Superligaga qaytarishga muvaffaq bo‘lgan rossiyalik bosh murabbiy Viktor Kumikov aftidan 2023 yilda boshqa klubni boshqaradigan bo‘lib turibdi.
Oldin xabar berganimizdek, murabbiyga Qozog‘istonning “Qaysar” klubidan taklif tushgandi. Ushbu jamoa ham 2022 yilni quyi divizionda o‘tkazib, kuchlilar orasiga qayta oldi. Aynan mazkur jamoa Kumikovga qiziqib qolgan.
Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, Viktor Balyutovich kecha Qizil-O‘rda shahriga etib borgan. Lekin hali shartnoma imzolanganicha yo‘q. Ma’lum bo‘lishicha, Kumikov bugun klub rahbarlari bilan uchrashadi va shartnoma masalasida kelishib olishi kutilmoqda.
Shuningdek, “Andijon” klubi ham Kumikov bilan yangi shartnoma imzolash uchun taklif bildirgan. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar