Viktor Kumikov: "Havotirli joyi yo‘q"

  • 21 iyul, 2022, 11:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, kecha jamoamiz Bekobodda “Metallurg” klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Mazkur bellashuvdan so‘ng “Andijon” bosh murabbiyi Viktor Kumikov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Tog‘dagi yig‘inimizdan keyin biroz pasayish kuzatildi. Birinchi bo‘limda o‘yin tempini ushlab turdik. Keyin ko‘rindiki, tog‘dagi tayyorgarlikdan so‘ng pasayish sezildi. Bu holat 4-5 kun davom etishi mumkin.

Bizning maqsadimiz toza o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish edi. Buni amalda ko‘rib oldik. Shu tarzda mavsumga tayyorlanyapmiz. Xavotirli joyi yo‘q. Muhimi, yigitlar yomon o‘yin ko‘rsatishmadi.

Raqib jamoa o‘zimizning xatolarimiz evaziga gollar urishdi. Ular saviya va mahorat bobida bizdan biroz ustun. Albatta, biz ham imkoniyatlarni yaratdik, lekin foydalana olmadik. Sababi, futbolchilarimiz og‘ir yuklamalar ostida o‘ynashyapti. Yangi o‘yinchimiz Suhrob Berdievni harakatlaridan qoniqdim. U o‘zini ko‘rsatishga harakat qilyapti", - dedi Viktor Balyutovich.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
21/07/2022 12:48
Х,еч ёмон жойи йу'к про лигада юткизмасанглар б'у'лди