Viktor Kumikov AGMKga qarshi o‘yindan so‘ng: "Bizga natija muhim emas"

  • 11 iyul, 2022, 21:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Andijon” jamoasi AGMKga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi va raqib 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Uchrashuvdan so‘ng, jamoamiz bosh murabbiyi Viktor Kumikov ushbu bellashuv bo‘yicha o‘z fikrini quyidagicha bildirib o‘tdi:

“Hammasi yaxshi, ishlarimiz reja asosida ketyapti. Biz barcha futbolchilarga o‘ynash uchun imkoniyat berdik, hatto, yoshlarga ham.

Futbolchilarda jismoniy yuklamalar mavjud va anchadan beri o‘ynashmagan. Shuni hisobga olsak, yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi.

Bizga uchrashuv natijasi muhim emas. Asosiysi, yigitlarni o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini ta’minlashdir. Yana qaytaraman, ishlarimiz reja asosida ketyapti”, - dedi Viktor Balyutovich.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
12/07/2022 07:53
Жуда тугри су'злариз К,у'мик,ов жаноблари яхши тайёргарлик ку'ринглар