
Vetnamdagi o‘ziga xos turnirda o‘zbekistonlik ikki bokschi ringga ko‘tariladi (Video)
Janubiy koreyaning “Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasi mijozi Ravshanbek Shermatov hamda Abdulaziz Najmiddinov 20 mart kuni Vetnamning Xoshimin shahrida yarim professional yo‘nalishdagi “TRIGGER boxing” shou turnirida ishtirok etadi.
Ayni vaqtda o‘sha erda mashg‘ulotlar olib borayotgan har ikki hamyurtimizning murabbiyi Bobur Najmiddinovning saytimizga ma’lum qilishicha, ushbu janglar to‘rt raunddan iborat bo‘ladi va raqiblar ham ma’lum bo‘lib ulgurgan. Unga ko‘ra, Abdulaziz Najmiddinovning raqibi vetnamlik Lam De Pat bo‘lsa, Ravshanbek Shermatov ham mezbonlar vakili, o‘z vaqtida WBA Asia kamarini qo‘lga kiritgan Tren Van Tao bilan to‘qnash keladi.
Mazkur janglarda yurtdoshlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar