
Vetnamda jang o‘tkazadigan ikki o‘zbekistonlik bokschilar vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdilar (Video)
Professional boksda janglar o‘tkazib kelayotgan hamyurtlarimiz Abdulaziz Najmiddinov va "Kichik Tayson" nomi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Olimjon Nazarov navbatdagi jangini 30 iyul kuni Vietnamning Vung Tau shahrida "Cocky Buffalo" kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida o‘tkazadi. Super yarim engil vazn toifasidagi (58,9 kg) Abdulaziz Najmiddinov (9-0, 7KO) ushbu kechada Indoneziya vakili Rivo Kundimangga (9-3-2, 5KO) qarshi jang o‘tkazsa, o‘ta engil vazn toifasida (50,8 kg) Olimjon Nazarov (28-5, 15KO) WBO Oriental kamarini filippinlik Benvedino Ligasdan (14-2-2, 9KO) himoya qiladi.
Ushbu janglardan avval hamyurtlarimiz vazn o‘lchash va nigoxlar to‘qnashuvi marosimida ishtirok etdilar.
Fikrlar