
Vetnamda ikki bokschimiz o‘z janglarini o‘tkazdi
Bugun Vetnamning Xoshimin shahrida tashkil etilgan professional boks kechasida ikki nafar vakilimiz ringga ko‘tarildi.
Quvonarlisi, har ikkisi ham g‘alaba qozonishga erishdi. Jumldan, Ravshanbek Shermatov (6-1, 2 KO) vetnamlik Bui San Soni ochchkolar hisbiga mag‘lub etib, faoliyatidagi oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, mag‘lubiyatsiz odimlayotgan yana bir hamyurtimiz Abdulaziz Najmiddinov (7-0, 6 KO) ham mezbonlar vakili Tren Nguenni to‘liq davom etgan jangda hakamlarning yakdil qaroriga muvofiq mag‘lub eta oldi.
Ma’lumot uchun, ushbu bokschilarimiz Janubiy Koreyaning “Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasining mijozi hisoblanadi. Hozirda har ikkisi yosh ist’dodli murabbiy Bobur Najmiddinov qo‘l ostida Vetnamda mashg‘ulotlar olib bormoqda.
Fikrlar