Verratti: Bunaqasi Frantsiyadan boshqa erda bo‘lmaydi

  • 11 sentabr, 2020, 11:56
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti Frantsiya chempionati 2-turidan o‘rin olgan "Lans"ga qarshi (0:1) mag‘lubiyatdan keyin Frantsiya futboli mutasaddilarini qattiq tanqid qildi:

Tecno

"Qo‘limizdan kelgan barchasini qilsak-da, yutqazdik. Dam olish uchun bunchalik kam vaqt ajratilishi nohaqlik bo‘ldi. Umuman tiklana olmagan jamoadoshlarim ham bor. Bu taqvimni kim tuzgan o‘zi? Biz 1-turni Chempionlar Ligasi finali oldidan o‘tkazishimiz kerak edi. 2-tur esa, shunday muhim o‘yindan 3 hafta o‘tar-o‘tmas bo‘ldi. Bunaqasi Frantsiyadan boshqa erda bo‘lmaydi".

Bellashuvda turli sabablarga ko‘ra, Mbappe, Neymar, Di Mariya, Keylor Navas kabi etakchilar ishtirok eta olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!