
Vernerning "Chelsi"ga transferi nega kechikyapti?
“RB Leyptsig” forvardi Timo Vernerning “Chelsi”ga kutilayotgan transferi nega kechikayotgani ma’lum bo‘ldi.
Gap shundaki, Verner tibbiy ko‘rikdan o‘tolmayapti. The Athletic nashri muxbiri Rafael Xonigshteynning xabar berishicha, 24 yoshli germaniyalik futbolchi Bundesliga reglamentiga ko‘ra Londonga bora olmaydi. O‘z navbatida, “aristokratlar” ham o‘z shifokorlarini Germaniyaga yuborolmaydi. Boisi, “Chelsi” shifokorlari safardan qaytgach, 14 kunlik karantinda ushlanib qolishlari mumkin. APLda esa mavsum tiklanish arafasida.
Endi “Chelsi” bu borada germaniyalik shifokorlar bilan hamkorlik qilishiga to‘g‘ri keladi. Shunda ham ular kamida 27 iyungacha, ya’ni Bundesligada mavsum yakunlangunicha kutishlari kerak.
Fikrlar