
Verner 1,5 oydan buyon gol urmayapti
"Chelsi" hujumchisi Timo Verner kecha "Vest Xem"ga (3:0) qarshi o‘yinda ishtirok etdi va bu o‘yinda ham maydonni golsiz tark etdi.
Shu tariqa 24 yoshli germaniyalik futbolchining “aristokratlar” safidagi golsiz seriyasi 9 ta o‘yinga etdi. U so‘nggi bor 7 noyabr kuni “Sheffild”ga qarshi o‘yinda gol urgan edi.
“Chelsi” Vernerni yozgi transferlar davrida “RB Leyptsig”dan 53 mln evro evaziga sotib olgan edi. U o‘tgan davr mobaynida londonliklar safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar