Velotrek bo‘yicha Osiyo kubogida sportchilarimiz 7 ta medal olishdi

CHERY AUTO

Hindistonda velotrek bo‘yicha Osiyo kubogi o‘z yakuniga etdi. E’tiborlisi, musobaqani O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Tecno

Terma jamoamizning musobaqadagi so‘nggi medaliga Dilmurod Siddiqov mualliflik qildi. Hamyurtimiz omnium yo‘nalishida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu natija sportchimizga Tokio Olimpiadasi uchun 180 reyting ochkosini ham taqdim etadi.

Shu tariqa velotrek bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Hindiston mezbonlik qilgan kattalar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida 4 ta oltin va 3 ta kumush medallarini qo‘lga kiritdi. Bu esa umumjamoa bo‘yicha mezbonlardan so‘ng ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishimizni ta’minladi. Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
Murodjon Xolmuratov
Renata Baymetova
Behzodbek Rahimboev (2ta)

Kumush medal:
Dilmurod Siddiqov
Yanina Kuskova (2 ta)

Manba: Olympic.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!