
Velosport. “Tashkent City Womenʻs Professional Cycling Team” Shveytsariyadagi xalqaro turnirda asosiy tarkibi bilan ishtirok etadi
Bugun Shveytsariyada veloshosse bo‘yicha “Tour de Suisse” ko‘pkunlik turniri start oladi. Unda “Tashkent City Womenʻs Professional Cycling Team” ham asosiy tarkibda ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, 4 bosqichli musobaqa 18 iyun sanasiga qadar davom etadi. Unda sportchilar jami 327,4 km masofani bosib o‘tishadi. Bugun birinchi bosqichda poygachilar Vilar-Syur-Ollon shaharchasi atrofidagi 58,6 km masofada bellashishadi. Unda ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz bilan tanishing:
Olga Zabelinskaya
Margarita Misyurina
Nafosat Kozieva
Evgeniya Golotina
Madina Qahhorova
Mohina Elmurodova
Fikrlar