
Velosport. “Tashkent City Womens Professional Cycling Team" jamoasi Italiyadagi nufuzli turnirda ishtirok etadi
Joriy yilning 7-14 iyul kunlari Italiyada jahon velosport olamidagi nufuzli turnirlardan biri hisoblangan ayollar o‘rtasidagi “Giro dʻItalia“ ko‘pkunlik musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ahamiyatlisi, mazkur turnirda “Tashkent City Womens Professional Cycling Team" jamoasi ham ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, sportchilar 8 bosqichdan iborat musobaqa davomida jami 758,6 km masofani bosib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Bellashuvlarda ishtirok etish uchun dunyoning eng kuchli 22 jamoasi ro‘yxatdan o‘tgan. “Tashkent City Womens Professional Cycling Team” bo‘lajak bahslarda quyidagi tarkibda qatnashadi:
Olga Zabelinskaya
Yanina Kuskova
Margarita Misyurina
Nafosat Kozieva
Madina Qahhorova
Anna Kuskova
Mohinabonu Elmurodova
Fikrlar