
Vegorst Messi bilan kelishmovchilik haqida: "Juda xafaman"
Vaut Vegorst Lionel Messi bilan kelishmovchilik haqida gapirdi.
Xabaringiz bor, Niderlandiya hamda Argentina o‘rtasidagi bellashuvda janubiy amerikaliklar penaltilar seriyasida zafar quchib, (2:2, 4:3) yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Niderlandiya forvardi Vegorst zaxiradan maydonga tushib, 78 hamda asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 11-daqiqada gol urdi va jamoasining qo‘shimcha vaqtlarda o‘ynashini ta’minladi.
Bellashuvdan so‘ng Leo intervyu berayotgan chog‘ida Vautga: "Nimaga qarab turibsan, ahmoq? Yo‘qol bu erdan", - deya o‘z e’tirozini bildirdi.
"O‘yin so‘nggida Messi bilan qo‘l berib ko‘rishmoqchi bo‘lgandim. Sababi, men uni futbolchi sifatida hurmat qilaman. Biroq u qo‘limni olishni va men bilan gaplashishni xohlamadi.
Mening ispan tilim u qadar ham yaxshi emas. U menga qarata qo‘pol so‘zlar aytdi va bu holat meni xafa qildi. Ochig‘i, juda xafaman", - dedi "Beshiktosh" hujumchisi.
Fikrlar