Vaxid Xalilxojich eng yaxshi ikki qanot himoyachilari kim ekanini aytdi

  • 26 yanvar, 2022, 17:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Vaxid Xalilxojich shogirdi Ashraf Hakimi haqida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, murabbiy futbolchini eng iste’dodli "charm to‘p ustasi", deb hisoblaydi. 

Tecno

"Bu yigitning naqadar iqtidorli ekani uning oxirgi o‘yinlaridan ko‘rinib turibdi. U o‘z pozitsiyada eng zo‘rlaridan biri.

 

Men bemalol ayta olamanki, Hakimi va Aleksandr-Arnold hozirgi futbolning eng yaxshi qanot himoyachilari. Bunga hech qanday shubha yo‘q", - deydi Yaponiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi.

Ma’lumot o‘rnida, Ashraf Hakimi joriy mavsum PSJ bilan Liga 1 doirasidagi 18 o‘yinda ishtirok etdi va o‘z nomiga 3 gol va 3 assistni rasmiylashtirib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!