
Vattsadzening goli "Qizilqum"ga g‘alaba keltirdi
Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan “Qizilqum” klubi navbatdagi nazorat uchrashuvini Bosniya va Gertsegovinaning “Borats Banya-Luka” jamoasiga qarshi o‘tkazdi, bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur uchrashuv taqdirini birgina gol hal qildi. Uchrashuvning 63-daqiqasida “Qizilqum”ga qaytgan gruziyalik Mate Vattsadze raqib darvozasini ishg‘ol qildi va o‘yin oxirigacha 1:0 hisobi o‘zgarmay qoldi.
Eslatib o‘tamiz, “Qizilqum” dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvida Rossiyaning “Alaniya” klubiga 0:1 hisobida yutqazgandi.
Fikrlar