
Vardi Italiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin
Jeymi Vardiga Italiyaning "Kremoneze" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Janluka Di Martsio xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, tomonlar dastlabki muzokaralarni o‘tkazishgan. Futbolchi hozirda erkin agent hisoblanadi.
"Lester"ning sobiq hujumchisi A Seriyada o‘ynash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Unga boshqa bir nechta italyan jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, 38 yoshli futbolchi APLning o‘tgan mavsumida 35 ta o‘yinda 9 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma bergan.
Fikrlar