
Van Deykni eng ko‘p xafa qilgan to‘rt nafar futbolchi! Ular kimlar?
Virjil van Deyk faoliyatidagi eng qiyin raqiblar kimlar ekanligini aytdi.
- Eng qiyin raqib yoki bir nechta futbolchini ayting?
- Albatta, Leo juda qiyin raqib. Bundan tashqari, Erling Xolandni ham eslab o‘taman. U zamonaviy hujumchi va unga kichik imkoniyat bersangiz, u sizni jazolaydi.
- To‘g‘risini aytsam, Aguero "Liverpul" darvozasiga ko‘p gol urmadi, ammo "Sautgempton"da unga qarshi o‘ynadim va Serxio juda xavfli edi. U chap va o‘ng oyoqlari bilan ham o‘ynay olardi.
- Bundan tashqari, Olive Jiruni ham eslatib o‘tgan bo‘lardim. U menga qarshi ko‘p gollar urdi. Men doim Jiru gol ura olmaydi, deb o‘ylardim. Biroq u buni uddalardi", - dedi "Liverpul" sobiq himoyachisi.
Fikrlar