Van der Sar: "Ronaldu doim menga eng zo‘r futbolchi bo‘lishini aytardi"

  • 14 sentabr, 21:16
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning sobiq darvozaboni Edvin van der Sar ser Aleks Fergyuson qo‘l ostida  Krishtianu Ronaldu "qizil iblislar" safida o‘ynagan xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Tarixiy klubda va ser Aleks kabi murabbiy qo‘l ostida o‘ynash katta faxr. Fergyuson bilan munosabatlarimiz juda yaxshi edi: uning nabiralari mening farzandlarim o‘qiydigan maktabga borishardi.

Krishtianu aql bovar qilmasdi. Mashg‘ulot boshlanishidan oldin va undan keyin u har doim sport zalida edi. Hech qachon bunday och qolgan yigitni ko‘rmaganman. U doim menga: "Edvin, men dunyoda eng zo‘ri bo‘laman", deb takrorlardi. Men unga haddan oshmaslikni aytgandim, biroq u haq bo‘lib chiqdi", - deya van der Sarning so‘zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

Ronaldu 2003-2009 yillarda "Manchester Yunayted"da o‘ynagan. "Qizil iblislar" safida u o‘zining birinchi "Oltin to‘p"ini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!