
Vadim Abramov: "Xislatni himoyada kam mehnat qilishi salbiy xislati"
Superligada 21-tur start oldi. "Dinamo" jamoasi Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo‘ldi va 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Bu bizni eng yaxshi o‘ynimiz emas. Bilmadim, ofsaydda turgan futbolchiga ishlatilgan qo‘pollik uchun penalti qo‘yib berishdi. VAR vaziyatni boshqacha ko‘rgandir. 2:2 hisob bo‘lgan paytda yana g‘alati penalti. Hisob esa yakunda 4:2 ko‘rinishga keldi. Hakam VAR uchun va qarorini izohlash uchun ko‘p to‘xtaldi. Balki, bu muxlislarga qiziqdir, ammo bizga emas.
- "Dinamo"ning o‘yinga rejasi qanday edi?
- Biz "Paxtakor"ni qanday o‘yin namoyish etishini bilar edik. Raqibni OChLdagi ishtirokidan so‘ng, charchaganini hisobga olib ikkinchi taymda qo‘shmoqchi edik. Ko‘rdingiz, qanday gollar o‘tkazib yubordik.
- Himoyachilaringizni o‘yini borasida fikringiz qanday?
- Albatta, bu seziladi. Himoyachilarimiz birinchi pasni berishda qiynalgani uchun yarim himoyachilarimiz to‘psiz ko‘p harakat qilishga majbur bo‘ldi. Bular ta’sir qiladi.
- Xislat Xalilov nega asosiyda tushmaydi?
- Bu rejamizning bir turi. Futbolchi zaxiradan maydonga tushib o‘yinga yaxshi qo‘shilishi mumkin. Hamma futbolchi ham buni uddalay olmaydi. Shuningdek, uni himoyada kam mehnat qilishi ham salbiy xislati.
- Kojoning yo‘qligi sezildimi?
- Umuman olganda jamoa ko‘rsatishi kerak bo‘lgan futbolni namoyish etmadi. U bo‘lganida balki hujumlarimiz keskinroq bo‘larmidi?! Hozir biror narsa deyish qiyin.
- So‘nggi uch o‘yinda darvozangizga 3 ta penalti qo‘yildi?
- Aytyapmanku, bizni darvozaga belgilashyapti, ammo biz hech tepmadik. Keyin videolarini ko‘rib, futbolni tushunmay qolaman. Bizni foydamizga hakamlar hech narsa ko‘rmay qolishyapti. Tushunarsiz.
Fikrlar