
"US Open" g‘olibasi WTA turkumiga kiruvchi turnir uchun "wildcard"ga ega bo‘ldi
Tennis bo‘yicha Amerika ochiq chempionatining ayollar o‘rtasidagi bahslarida bosh sovrin egasiga aylangan Emma Radukanu navbatdagi turnirda ishtirok etadi.
"US Open" g‘olibasi "Indiana-Uells WTA-1000"da ishtirok etish uchun "wild card"ga ega bo‘ldi. Bu Emma uchun Nottingem, "Uimbldon", San-Xose va AQSh ochiq chempionatidan keyingi beshinchi katta turniri bo‘ladi.
18 yoshli sportchi hali WTA turkumiga kiruvchi musobaqalarda bosh sovringa ega chiqmagan. Biroq "Katta dubulg‘a" g‘olibasi hisoblanadi.
Fikrlar