
Upamekano: “U xavf emas”
Frantsiya himoyachisi Upamekano bo‘lajak Angliyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, Jud Bellingem xavfli o‘yinchi emas.
“Jud Bellingemni xavf tug‘dira oladi deya olmayman. Men uni yaxshi bilaman. U talantli va ajoyib futbolchi. Yarim himoyada haqiqiy jang bo‘ladi. Sababi, bizda ham Rabo va Grizmann kabi futbolchilar bor.
“Biz imkon qadar kam xato qilishimiz kerak. Markus Reshford yaxshi o‘yinchi. Men bir futbolchiga e’tibor bermoqchimasman. Angliyaning zaxirasi ham kuchli va o‘yinni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan futbolchilar etarli”, - dedi “Bavariya" himoyachisi.
Fikrlar