
Uolkott sobiq jamoasiga qaytdi
“Everton” vingeri Teo Uolkott joriy mavsumni “Sautgempton” safida ijarada o‘tkazadigan bo‘ldi.
Ta’kidlash kerakki, 31 yoshli Uolkott asli “Sautgempton” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U bu jamoada 16 yoshida debyut qilgan.
“Bu men uchun katta ahamiyatga ega. Rostini aytsam, men juda mamnunman. "Sautgempton"dan taklif olganimda hayron bo‘ldim, lekin transfer juda oson kechdi. Men to‘g‘ri tanlov qildim”, - dedi Ulkott.
Fikrlar