"Uni 8 yoshidan beri oilamiz bilan qo‘llab kelyapmiz" - Rubin Xebayning dadasi Andijonda nima hayron qoldirgani, o‘g‘lining yurtimizdagi faoliyati va ko‘proq gollar urishi haqida

  • 18 may, 2023, 09:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu yil O‘zbekiston chempionatiga yangi legionerlar keldi. Ulardan biri “Andijon” sharafini himoya qilayotgan albaniyalik hujumchi Rubin Xebay. U 5 ta goli bilan to‘purarlar orasida boryapti. Allaqachon muxlislarning mehrini qozondi va ishonchni oqlash yo‘lida o‘zidagi iqtidorni namoyish eta boshladi. Chempionatimizdagi albaniyalik ilk legioner o‘zi uchun yangi mamlakat va yangi muhitga moslashishi qiyin kechgani yo‘q. Chunki jamoadagilar ham uni hamma vaqt qo‘llab-quvvatlashyapti.

Tecno

Bir necha kun oldin Rubin Xebayning ota-onasi, uning oila-a’zolari yurtimizga kelishdi. Ular ayni paytda Andijonda bo‘lib turishibdi va o‘g‘lini yaqindan qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Fursatdan foydalanib, Rubinning dadasi Ridvan Xebayga bir qator savollar bilan murojaat qildik.  

- Janob Ridvan, yurtimizga xush kelibsiz. Dastlabki taassurotlaringiz qanday?

- Katta rahmat. Dastlabki taassurotlarim ajoyib. Odamlar ham, shahar ham juda ajoyib.

xebay

- O‘g‘lingiz Rubin qisqa vaqt ichida muxlislarning mehrini qozondi. Uning yangi jamoasidagi faoliyatini qanday baholaysiz?

- Bundan juda ham xursandman. Menimcha, u yaxshi harakat qilyapti va shu yo‘sinda davom etadi.

- Futbolchi bo‘lishni o‘zi istaganmi yoki bu avvalo sizning xohishingiz bilan bog‘liqmidi?

- Bu uning qarori edi. 8 yoshidan beri oilamiz bilan uni bu yo‘lda qo‘llab kelyapmiz.

ridvan

- Oilada undan tashqari yana boshqa futbolchi ham bormi?

- Mening kichik o‘g‘lim 21 yoshda va uning ismi Raul. U hozirda universitetda tahsil oladi, lekin futbol o‘ynamaydi.

- O‘zingiz qanday ish bilan shug‘ullanasiz?

- Men qurilish sohasida ishlayman.

-  Rubin oxirgi 3 ta uchrashuvda 5 ta gol urdi. Chempionat oxirigacha yana nechta gol uradi, deb ayta olasiz?

- Umid qilamanki, u qo‘lidan kelganicha ko‘proq gollar urib, jamoasining yaxshi natijalarga erishishiga hissa qo‘shadi.

xebay1_1

- Andijon shahrini aylandingizmi? Sizga yoqdimi? Avvalo nima hayratga soldi?

- Ha, bu erda atigi bir necha kun bo‘lganimizga qaramay, juda ko‘p joylarga borishga muvaffaq bo‘ldik. Meni hayratga solgan narsa — bu erda juda tinch, odamlarning sokin tabiati va hurmat-e’tibori bo‘ldi.

- Darvoqe, “Andijon” jamoasining OKMKga qarshi uchrashuvini stadionda kuzatdingiz. Fikringiz qanday?

- O‘ylashimcha, jamoa mag‘lubiyatga loyiq emasdi. Men har bir uchrashuvni uydan turib tomosha qilaman. Oxirgi uchrashuvda yaxshi o‘ynab turib, mag‘lubiyatga uchrashdi. Lekin ularga kelgusi uchrashuvlarda omad tilayman va ularning holati yaxshilanishiga umid bildiraman.

- Albaniya matbuoti ham Xebay haqida yozyapti. Umuman aytganda, yurtingizda o‘g‘lingiz haqida nima deyishyapti?

- Ular o‘g‘lim haqida bolaligidan beri doim yozishadi va ochig‘ini aytsam, men bunga o‘rganib ham qolganman. Gol ursang, sen haqingda yozishlari tabiiy holat. O‘g‘lim u erda bo‘lmasa ham, uni eslab turishgani juda ham yoqimli.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
18/05/2023 10:43
Х,а яшанг Шух,ратбек Жура бугун энди Намангандаги у'йинга борар эканда
Албаниялик мех,мон к,айси тилда су'злашдингиз турк тилида су'злашдингизми