Unai Emeri: "O‘zil va Kolashinats balki "Byornli"ga qarshi bahsda ishtirok etishar. Ertangi mashg‘ulotlarni kutamiz"

  • 15 avgust, 2019, 19:58
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Unai Emeri Mesut O‘zil va Sead Kolashinatsning holati haqida gapirdi.

"Ular qaytishdi va seshanba kunida beri mashg‘ulotlarda qatnashishmoqda. O‘zil kecha mashg‘ulotlarda qatnashmadi. Sababi, u biroz shamollagan. Bugun esa, unda barchasi joyida.

O‘ylaymanki, har bir mashg‘ulot bizga futbolchilar holatidan xabar berib turadi. Ularning qaytishidan yanada yaxshi variantlarga ega bo‘lamiz.

Shanba kuni, "Byornli"ga qarshi bahsda ishtirok etishligi mumkin. Ammo biz ertangi mashg‘ulotlarni kutamiz," - dedi Emeri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!