
Umuman mag‘lubiyatga uchramagan bokschi faoliyatini yakunladi
O‘rta vaznda mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan rossiyalik bokschi Shamil Xataev sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli faoliyatini yakunladi.
"Menda buyuk chempion bo‘lish uchun ishtiyoq, kuch va iroda bor edi, lekin shifokor menga agar davom etsam, ko‘rish qobilyatimni yo‘qotish xavfi borligini aytdi. Bugun men orzuimdan voz kechishim kerak. Shunga qaramay, jamoamga, cho‘qqiga chiqishimda yordam bergan, menga ishongan insonlarga rahmat aytmoqchiman", - deya Xataevning so‘zlarini keltiradi "BoxingScene".
Eslatib o‘tamiz, Shamil (13-0-1, 4 KO) navbatdagi jangini 7 dekabr kuni Grozniyda (Rossiya) Uganda vakili Shadiri Bvoge(7-0, 5 KO)ga qarshi o‘tkazishi kerak edi.
Fikrlar