Ulgursang olib qol! Superto‘purar arzonlashgan narxda sotiladi
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Seru Girassi Evropaning qator klublari nishonida turibdi. Uning dortmundliklar bilan tuzgan shartnomasida to‘purarni 2026 yilning yozida 50 million evroga olish imkonini beradigan band kuchga kiradi.
Bu bandning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, summa faqatgina bir necha klublar uchun amal qiladi.
Sky Sport Germany nashrining yozishicha, ushbu ro‘yxatga Ispaniyadan “Real”, “Barselona”, Angliyadan “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Chelsi”, “Arsenal” va “Manchester Yunayted” kiritilgan.
29 yoshli Girassi futbolchi sifatida nufuzli sovrinlarni yutishni istaydi, shuning uchun kelajagidagi qarorini “Borussiya”ning mavsum oxiridagi natijalariga qarab qaror qabul qiladi va faqat top-klubga o‘tishni ko‘rib chiqadi.
Girassi avvalroq “Al-Hilol”ning yiliga 20 million evro maosh ko‘rsatilgan taklifini qabul qilmagan edi.
Joriy mavsumda Girassi barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda ishtirok etib, 9 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.



Fikrlar