
Ular Parijda o‘zbek futbolchilariga muxlislik qiladi!
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Qatardagi Osiyo kubogida finalga chiqib, yozda Parij mezbonlik qiladigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgani bo‘yicha munosabatlar davom etmoqda.
Rossiyaning nufuzli saytlaridan biri – metaratings.ru sayti O‘zbekiston terma jamoasining qit’a chempionatidagi muvaffaqiyatlari haqida alohida to‘xtaldi.
Ushbu nashr eksperti Ruslan Semeneev Rossiya klublariga aloqador futbolchilarning terma jamoamiz muvaffaqiyatiga qanchalar muhim hissa qo‘shganiga e’tibor qaratdi.
- Timur Kopadze shogirdlari ajoyib natijalar qayd etib, Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston terma jamoasi Malayziyani 2:0, Kuvaytni 5:0, Vetnamni 3:0, Saudiya Arabistonini 2:0, Indoneziyani 2:0 hisobida engib, finalga chiqdi.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining besh nafar a’zosi Rossiya klublariga tegishli hisoblanadi:
Himoyachi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (“Nijniy Novgorod” a’zosi, ijara asosida Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasida o‘ynayapti);
Yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev (“Rubin”);
Hujumkor futbolchi Abbosbek Fayzullaev (TsSKA);
Hujumchi Husayin Norchaev (“Alaniya” a’zosi, ijara asosida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasida o‘ynayapti);
Hujumchi Ruslanbek Jiyanov (“Nijniy Novgorod” a’zosi, ijara asosida Namanganning “Navbahor” jamoasida o‘ynayapti, - deb ma’lumot berdi – metaratings.ru sayti eksperti Ruslan Semeneev.
Darhaqiqat yuqorida nomi keltirilgan futbolchilarning barchasi O‘zbekiston U-23 terma jamoasining asosiy o‘yinchilari hisoblanadi va Qatar maydonlarida o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqladi.
Abbosbek Fayzullaev kreativ o‘yin uslubi bilan hujumlar tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatdi, Ruslan Jiyanov Vetnamga, Umarali Rahmonaliev Saudiya Arabistoniga, Husayn Norchaev Kuvayt, Saudiya Arabistoni va Indoneziyaga gol urdi.
Ibrohimxalil Yo‘ldoshev mardonavor o‘yini bilan himoyani mustahkam ushladi va terma jamoamiz turnir davomida birorta gol o‘tkazmaganida uning ham mehnatlari bor.
Fayzullaevning o‘rni qattiq bilinadi!
Fikrlar