
Ukraina terma jamoasida bosh murabbiy o‘zgarishi mumkin
Slaven Bilich Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Ukraina futbol assosiasiyasi rahbariyatiga 7 mart kuni “Uotford” tomonidan istefoga chiqarilgan xorvatiyalik mutaxassis yoqadi.
UAF jamoaning hozirgi murabbiyi - Ruslan Rotanning kelajagini muhokama qilmoqchi va agar u iste’foga chiqarilsa, Bilich uning o‘rnini egallashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 1 mart kuni UAF Ijroqo‘mi yig‘ilishida Ruslan Rotan Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangan edi. Ammo Ukraina futbol assosiasiyasi "Al-Ayn"da faoliyat yuritayotgan Sergey Rebrov bilan shartnoma imzolash bo‘yicha muzokara o‘tkazishga qaror qilgani ham haqiqat.
Rotan qo‘l ostida Ukraina terma jamoasi Evro-2024 saralashi doirasida 1 ta o‘yin o‘tkazdi. Angliyaga qarshi o‘yinda ukrainlar 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Ular keyingi o‘yini 16 iyun kuni Shimoliy Makedoniyaga qarshi o‘tkazishadi.
Fikrlar