
Ukraina futboli rahbari hibsga olindi. Unga qanday ayblov qo‘yilmoqda?
Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbari Andrey Pavelko Kievda firibgarlikda gumonlanib hibsga olindi.
Ukrainalik jurnalist Bogdan Andriyukning so‘zlariga ko‘ra, Pavelko g 9 million 880 ming grivna garov puli evaziga ozodlikka chiqishi mumkin.
Avvalroq Pavelkoga nisbatan sun’iy maysa zavodi qurilishi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan edi. UAF rahbari sun’iy maysa zavodi qurish uchun mo‘ljallangan xalqaro yordam mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanmoqda. UAF esa hozircha bu ayblovlarni rad etmoqda.
Avvalroq sud UAF bosh kotibi Yuriy Zapisotskiyni ham hibsga olish va garov evaziga ozod qilish haqida qaror qabul qilgandi.
Fikrlar