Uilyams "Barselona" va "Bavariya" o‘rtasidagi tanlovini amalga oshirdi

  • 24 iyun, 16:45
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletik" vingeri Niko Uilyams kelajagi borasida qaror qabul qildi. "Mundo Deportivo" tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi aynan "Barselona"ga o‘tishni xohlamoqda va bu borada kataloniyaliklarga ustuvorlik bermoqda.

Tecno

Garchi Myunxenning "Bavariya"si ham futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy harakat qilsa-da, Uilyams o‘zini kataloniyaliklar uslubiga mos deb hisoblamoqda. U "Atletik"ning shartnoma uzaytirish bo‘yicha yaxshi taklifini qabul qilmaslikka qaror qilgan va jamoa uni qo‘yib yuborishini istamoqda.

Bundan tashqari, ispaniyalik hujumchiga Londonning "Arsenal" klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, futbolchining akasi Inyaki Uilyams ham ukasini jamoada olib qolmoqchi bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq xabar berilishicha, futbolchining amaldagi shartnomasida 58 million evrolik kompensatsiya band qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!