
Ugo Loris Noyerni quvib o‘tdi
Jahon chempionati -2022 finalida Argentina va Frantsiya terma jamoalari kuch sinashdi va Argentina penaltilar seriyasida g‘alabaga erishdi. Frantsiya darvozaboni Ugo Loris o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va tarixga kirdi.
Loris bu bilan mundallarda 20 ta o‘yin o‘tkazgan tarixdagi birinchi darvozabonga aylandi va mutlaq rekordchiga aylanib oldi.
35 yoshli posbon yarim finalda germaniyalik darvozabon Manuel Noyerning 19 ta uchrashuv o‘tkazgan natijasini takrorlagandi va hozirda peshqadamga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Loris "uch ranglilar" bilan ikkinchi marta jahon chempionati kubogini qo‘lga kirita olmadi.
Fikrlar