"UFC Vegas 35" turnirida Mahmud Muradov jang qiladi yoxud to‘liq juftliklar bilan tanishing!

  • 27 avgust, 2021, 11:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

28 avgust (Toshkent vaqti bilan 29 avgust erta tongda) AQShning Las-Vegas shahrida yana bir MMA kechasi start oladi. Ya’ni, "UFC Vegas 35" turniri o‘tkaziladi.

Tecno

Butun o‘zbekistonlik MMA ishqibozlari aynan ushbu jang oqshomini orziqib kutayotgan bo‘lsa, ajab emas. Sababi, o‘zbekistonlik birinchi UFC jangchisi Mahmud Muradov ham ushbu kechada oktagonga ko‘tariladi. 

Hamyurtimizning nufuzli promoushendagi 4-raqibi AQSh vakili Jerald Myorshart bo‘ladi. Bunga qadar yurtdoshimiz UFCda 3 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongandi. 

Shuningdek, ushbu kechaning markaziy jangi yarim engil vazn toifasi reytingining mos ravishda 9-o‘rnida borayotgan braziliyalik Edson Barboza hamda 10-pog‘onada zikr etilgan Gruziya vakili Giga Chikadze o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. 

Qolaversa, bir qator qiziqarli o‘tishi kutilayotgan tщynashuvlar ham fayt-karddan o‘rin olgan. Quyida to‘liq juftliklar bilan tanishishingiz mumkin!

Asosiy kard

Yarim engil vazn

Edson Barboza (Braziliya) vs Giga Chikadze (Gruziya)

O‘rta vazn

 Brayen Battl (AQSh) vs Gilbert Urina (AQSh)

O‘ta engil vazn toifasi

 Rikki Tursios (AQSh)  vs Bredi Xaystend (AQSh)

Yarim o‘rta vazn 

Kevin Li (AQSh) vs Daniel Rodriges (AQSh)

O‘rta vazn toifasi 

Andre Petroski (AQSh) vs Maykl Gillmor (AQSh)

O‘rta vazn toifasi

 Maxmud Muradovt (O‘zbekiston) vs Djerald Myorshart (AQSh)

 Prelim kard

O‘rta vazn toifasi 

Alessio Di Kiriko (Italiya) vs Abdul Razaq Al Hassan (AQSh) 

O‘rta vazn toifasi

 Sem Elvi (AQSh) vs Vellington Turman (Braziliya)

Yarim og‘ir vazn toifasi

Dastin Djeykobi (AQSh) vs Darren Styuart (Angliya)

Super engil vazn (Ayollar)

 Jey Jey Oldrich (AQSh) vs Vanessa Demopulos (AQSh)

Engil vazn

Jamal Emmers (AQSh) vs Pet Sabatini (AQSh)

Yarim o‘rta vazn

Mana Martines (AQSh) vs Guido Kannetti (Argentina)

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!