
UFC 242. Nurmagomedov kechagi jangi uchun 6,09 mln dollar gonorar oldi
Kechagi musobaqaning asosiy jangida Dastin Poreni enggan Xabib Nurmagomedov 6,09 mln AQSh dollari miqdorida gonorar oldi. U shularning 6 mlnini jang uchun, 40 mingini media-faollik uchun olgan bo‘lsa, qolgan 50 mingini kechaning eng yaxshi jangchisi sifatida bonus tariqasida qo‘lga kiritdi.
Pore esa 290 ming dollar (250+40) bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi. To‘liq ro‘yxat bilan bu erda tanishish imkoniga egasiz.
Fikrlar